Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan sanoat yarmarkasi.
Joriy yilning 15–19-dekabr kunlari respublika miqyosidagi yirik sanoat tashkilotlari hamda mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada kengaytirishga qaratilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yarmarka doirasida import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar namoyishi tashkil etilgan bo‘lib, bu mahalliy sanoat korxonalari uchun yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari turlarini kengaytirish hamda yangi biznes-g‘oyalarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Shuningdek, ushbu yarmarkada «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tomonidan qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnika va uskunalarni lizing asosida taklif etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, texnika va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan tashabbuslar taqdim etilmoqda.
Yarmarka doirasida tashkil etilayotgan uchrashuv va muzokaralar mahalliy korxonalar uchun yangi hamkorlik kelishuvlarini shakllantirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.
![]()




