“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2026 yil 28 yanvar kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat binosi majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.

Jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish 2026 yil 28 yanvar kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. “O‘zagrolizing” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  4. Jamiyatning 2025 yil moliyaviy-ho‘jalik faoliyatining yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash hamda uning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.
  5. “O‘zagrolizing” AJning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan barqaror korporativ rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.

Jamiyat aksiyadorlarining reyestri shakllantiriladigan sanalar:

– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2025 yil 29 dekabr;

– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi: 2026 yil 22 yanvar.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.

Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

“O‘zagrolizing” AJ Kuzatuv kengashi

Loading

//