Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.
![]()




