Paxtachilikda qishki agromeliorativ tadbirlar.
Qishki mavsumda paxtachilik sohasida agromeliorativ ishlar muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlar tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirish uchun amalga oshiriladi.
Quduqlar bilan bog‘liq tadbirlar:
– Quduq atrofining o‘pirilib ketishini oldini olish uchun o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini olib boring.
– Quduq loyqa bilan to‘lib qolgan bo‘lsa, uni tezda tozalash zarur.
Yotiq va tik drenajdan foydalanish:
Yotiq drenaj:
– Yer osti suvlari bosimini pasaytirishda va tuproqning yuqori qatlamlaridan sho‘rni yuvishda yordam beradi.
– Yopiq drenaj tizimi suv oqimini boshqarish va tuproq strukturasini saqlashda samarali hisoblanadi.
Tik drenaj:
– Yer osti suvlarini chiqarib olish ularning pyezometrik bosimini kamaytiradi.
– Suvlarni pastga qarab siljishini ta’minlab, tuproq sho‘rini yuvishga yordam beradi.
Tavsiyalar:
– Tik drenajda chiqarib olinadigan suvlardan foydalanishda sarflashni aniq rejalashtirish;
– Har bir tadbirni o‘z vaqtida va me’yorlarga amal qilgan holda bajarish tavsiya etiladi.
![]()




