Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarish salohiyati va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyatida joylashgan “SWAN AGRO MACHINERY” kompaniyasida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida seminar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishuv o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Jamiyatning 12 ta viloyat filiallari rahbarlari, shuningdek, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar organlari rahbariyatining mas’ul vakillari, “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Nasirdinov ishtirok etdi.
Seminar doirasida ishtirokchilar “SWAN AGRO MACHINERY” kompaniyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari hamda mahalliylashtirish darajasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilayotgan zamonaviy, energiya tejamkor va yuqori unumdor qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘zdan kechirildi.
Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish mexanizmlarini takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, tarmoqda ochiqlik, qonun ustuvorligi va mas’uliyatli yondashuvni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, hududiy filiallar faoliyatida samaradorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi, o‘zaro tajriba almashildi.
Mazkur tadbir “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, agrar sohani zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash hamda tizimli yondashuv asosida faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Loading

//