Daraxtlarga yaxob berish va chilla suvi haqida.

Qish mavsumida bog‘lardagi daraxtlarni sog‘lom saqlash uchun eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri — yaxob berish, ya’ni chilla suvi quyishdir. Ya’ni tuproqda nam zaxirasini hosil qilish va ekinning unib chiqishi va normal rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida haydalma yerlarga, bogʻlar va tokzorlarga qish, erta bahorda suv berish.
❄️ Yaxob (chilla suvi) nima uchun kerak?
⏺Tuproqqa chuqur nam yig‘iladi
⏺ Daraxt ildizlari sovuqqa chidamli bo‘ladi
⏺ Yerdagi zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchilari kamayadi
⏺ Bahorda daraxt erta va bir tekis uyg‘onadi
⏺Hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
⏺Suvsizlikka chidamliligini oshiradi
💧 Qachon berish kerak?
Yaxob odatda dekabr oxiri – yanvar oylarida, havo barqaror sovib, daraxtlar to‘liq dam olish holatiga o‘tganda beriladi.
🌳 Qanday berish kerak?
– Suv me’yori daraxt yoshiga qarab belgilanadi
– Yosh daraxtlarga kamroq, katta daraxtlarga ko‘proq suv beriladi
– Suv tuproqqa sekin singishi uchun ariqchalar orqali quyish tavsiya etiladi
⚠️ E’tiborli jihatlar:
– Yaxobni juda erta yoki juda kech berish to‘g‘ri emas
– Suv to‘planib qolmasligi, ildiz bo‘g‘ilib qolmasligi lozim
🟡 Yaxob — qishki mehnat, bahorgi baraka degani.
Daraxtga berilgan har bir to‘g‘ri parvarish o‘z vaqtida ko‘paytirilgan hosil bilan qaytadi.

Loading

//