2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat parlamenti va xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida aniq belgilab berildi.
🚜 Shu munosabat bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Jamiyat boshqaruv a’zolari hamda viloyat filiali direktori Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.
😄 Yig‘ilish davomida Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari Azimjon Nasirdinov tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat tashkiloti xodimlariga xos bo‘lgan halollik va poklik tamoyillariga qat’iy amal qilish yuzasidan murojaat qilindi. Shuningdek, Komplayens xizmati tomonidan 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
🗣 Jumladan, Jamiyatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu borada korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash, profilaktik va preventiv mexanizmlarni joriy etish orqali tizimli holatlarning oldini olish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Mazkur vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (PF–270-son, 30.12.2025 y.) Farmoni talablariga muvofiq amalga oshirilishi qayd etildi.
📶 Shu bilan birga, Jamiyat faoliyatida ochiqlik va shaffoflik siyosatini izchil davom ettirish, inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, amaldagi ichki normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish hamda mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish vazifalari belgilandi. Korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayon, vazifa va funksiyalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
➡️Shuningdek, Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini keskin oshirish maqsadida 2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” yili deb e’lon qilingani, bu borada barcha bo‘linma va mas’ul xodimlar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklatilishi qayd etildi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish hamda jamoatchilik fikrini muntazam o‘rganish muhimligi alohida ta’kidlandi.
![]()




