HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI.

“TIANCHENG AGRICULTURAL EQUIPMENT” korxonasi hamda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Nasirdinov bilan olib borilgan muzokaralar doirasida loyiha tashabbusi yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud tashkiliy, texnik va ishlab chiqarish salohiyati har tomonlama ko‘rib chiqildi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish mexanizmlarini takomillashtirish, moliyalashtirish jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirini to‘liq shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, texnikalarni mahalliy sharoitga moslashtirish, servis va ehtiyot qismlar bilan uzluksiz ta’minlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida loyihani belgilangan muddatlarda, yuqori sifat ko‘rsatkichlari va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan holda amalga oshirish maqsadida keyingi bosqichlarda bajarilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar rejasi shakllantirildi. Tomonlar mazkur hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirishga kelishib oldilar.

Loading

//