Xitoy kompaniyasi bilan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Great Totem Agricultural Machinery Co., Ltd.” korxonasi vakillari “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdim etildi.
Uchrashuv jarayonida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining o‘rinbosari A. Nasirdinov bilan muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, “Great Totem Agricultural Machinery Co., Ltd.” tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining texnik imkoniyatlari, iqtisodiy samaradorligi va mahalliy sharoitlarga mosligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, uchrashuv davomida kompaniya vakillari tomonidan zamonaviy seyalkalar bo‘yicha alohida taqdimot o‘tkazilib, ularning funksional imkoniyatlari, ekish aniqligi, yoqilg‘i tejamkorligi hamda turli agroiqlim sharoitlarida samarali foydalanish jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur seyalkalarni respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etish masalalari ham muhokama etildi. Muzokaralar yakunida taqdim etilgan takliflar Jamiyat tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqilishi hamda kelgusida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loading

//