Navoiy viloyatida “Swan” rusumli yangi paxta terish mashinasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Navoiy viloyatida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va fermerlar ish samaradorligini oshirish maqsadida “Fergana Swan Cotton Industrial Machinery Stoc Co” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan “Swan” rusumli paxta terish mashinasi taqdimoti va amaliy seminar tashkil etildi. Unda Viloyat hokimi o‘rinbosari S. Xikmatov ishtirok etib, ishtirokchilarni taqdimot bilan tanishtirdi.
Seminar davomida korxona rahbariyati mashinaning texnik imkoniyatlari, ekish aniqligi, yoqilg‘i tejamkorligi va turli agroiqlim sharoitlarida samarali foydalanish jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga, mashinani respublika qishloq xo‘jaligiga joriy etish va lizing asosida yetkazib berish masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbirda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari, Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakillari, “O‘zagrolizing” AJ Navoiy filiali direktori va tumanlardan paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar mashina imkoniyatlari va amaliy joriy etish mexanizmlari bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Tadbir viloyat qishloq xo‘jaligi sohasidagi texnik yangilanish va modernizatsiya jarayonlarida muhim qadam sifatida baholandi.
![]()




