Siyosiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Jamiyat xodimlari ishtirokida siyosiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyatini xodimlarga keng tushuntirishga qaratildi.
Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oya va tashabbuslar, mamlakat taraqqiyotining bugungi holati hamda kelgusi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirish, barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirda “O‘zbekiston–2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, inson kapitalini rivojlantirish, adolatli va samarali davlat boshqaruvini yo‘lga qo‘yish, yashil iqtisodiyotga o‘tish hamda milliy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar batafsil yoritib berildi.
Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Mazkur siyosiy-ma’rifiy tadbir jamiyat xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, davlat siyosatiga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda jamiyat faoliyatini belgilangan strategik vazifalarga uyg‘un tarzda tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Loading

//