E’lon.
2-fevral, dushanba kuni soat 10:00 da “O‘zagrolizing” AJda Samarqand viloyati fermerlari, Jamiyat rahbariyati hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida “Fermerlar bilan amaliy hamkorlik va taraqqiyot yo‘nalishlari” mavzusida navbatdagi Ochiq muloqot Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida lizing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha dolzarb masalalar, jarayonlarni takomillashtirish, fermerlarning ehtiyoj va takliflari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — o‘zaro samarali aloqalarni mustahkamlash, yechimga yo‘naltirilgan fikr-mulohazalarni tinglash va hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.
Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo’lsa @uzalchat ga yuboring.
![]()




