14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi.
Bugun nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon tarixida ham o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymo — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun sifatida ehtirom bilan yod etiladi.
Bobur Mirzo – yuksak iste’dod sohibi, jasur sarkarda, nozik didli shoir va mohir davlat arbobi sifatida tarix sahifalarida abadiy qolgan.
U Temuriylar sulolasining munosib davomchisi bo‘lib, og‘ir sinovlar, murakkab siyosiy kurashlar va mashaqqatli hayot yo‘lini bosib o‘tgan. Bobur nafaqat Movarounnahr taxti uchun kurash olib bordi, balki Hindiston zaminida qudratli Boburiylar saltanatiga asos solib, ulkan imperiya barpo etdi.
Shu bilan birga, Boburning qalbi she’riyat va adabiyotga oshno edi. Uning g‘azal va ruboiylarida vatan sog‘inchi, insoniy tuyg‘ular, tabiat go‘zalligi hamda hayot falsafasi chuqur ifoda etilgan.
Ayniqsa, uning mashhur tarixiy-memuar asari — Boburnoma Sharq adabiyoti va tarixnavisligining nodir durdonasi hisoblanadi. Ushbu asar orqali Bobur o‘z davrining siyosiy voqealari, urf-odatlari, tabiati, shahar va xalqlari haqida bebaho ma’lumotlar qoldirgan.
![]()




