Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha muhtarama onaxonlar va aziz opa-singillarimizni samimiy muborakbod etadi.
Sizlar tufayli har bir xonadonda mehr, nafislik va iliqlik hukm suradi. Ayolning mehr-muhabbati, sabr-toqati va donoligi jamiyatimiz barqarorligi, kelajak avlod tarbiyasi hamda oilalarimiz baxtining mustahkam poydevoridir.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ezgu fazilatlaringiz va hayotbaxsh mehringiz yurtimiz taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qiladi.
Muqaddas ayollarimizga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt-saodat, oilaviy totuvlik va xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz!

Loading

//