Butun dunyo tiliga tushgan yangi maʼrifat gavhari.

Toshkentda dunyodagi intiqlik bilan kutilgan muzeylardan biri sifatida eʼtirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi nihoyat rasman ochildi. Qayd etish kerakki, nufuzli National Geographic nashri ushbu markazni 2026-yilning oltita asosiy muzey kashfiyotlari roʻyxatiga kiritgan.
Bu shunchaki chiroyli gumbazli bino emas. Bu maskan – tarix jonlanadigan joy. Bu yerda asosiy ziyoratgohlardan biri – Qurʼonining VII asrga oid Usmon nusxasining asli, shuningdek, ikki mingdan ortiq boshqa noyob qoʻlyozmalar saqlanadi. Ammo eng qizigʻi, Markaz qadimiylik va kelajakni oʻzida mujassam etgan: sunʼiy intellekt va virtual reallik (VR) texnologiyalari yordamida tashrif buyuruvchilar tom maʼnoda tarix sahifalari boʻylab “sayr qilishlari” va buyuk ajdodlarimiz qanday yashagani va ijod qilganini koʻrishlari mumkin boʻladi.
Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-maʼrifiy jihatdan butun mintaqada oʻz nufuzini oshirib borayotgan Yangi Oʻzbekiston uchun bunday ulkan markazning ochilishi katta ahamiyatga ega. Bu bizning jahon fani va madaniyatiga qoʻshgan hissamiz ramzidir.
Markazga kattalar ham, bolalar ham tashrif buyurib, oʻz yurti bilan faxrlanadi. Islom sivilizatsiyasi markazi oʻtmishdagi allomalarimiz butun dunyoda tibbiyot, astronomiya, matematika, geografiya kabi koʻplab fan sohalari rivojiga qanday taʼsir koʻrsatganini namoyish qiluvchi betakror madaniy-maʼrifiy maskan boʻlib qolishi shubhasiz.

Loading

//