“O‘ZAGROLIZING” aksiyadorlik jamiyati tanlov e’lon qiladi.
“OʻZAGROLIZING” aksiyadorlik jamiyati quyidagi boʻsh (vakant) lavozimga tanlov eʻlon qiladi
“Komplayens xizmati” Yetakchi mutaxassisi (1,0 stavka) vakant lavozimiga oʻtkaziladigan
TANLOV SHARTLARI
-
Nomzodga qoʻyiladigan talablar:
– yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklari boʻyicha oliy maʼlumot (Asos: PF-270);
– “Komplayens xizmati” xodimi lavozimi uchun mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yillik ish staji. Bunda “Komplayens xizmati” yoʻnalishidagi ish stajiga ustuvorlik beriladi (Asos: PF-270);
-
Quyidagilar nomzod boʻla olmaydilar:
– nomzod uchun qoʻyilgan talablar (1-band)ga javob bermaydigan shaxslar;
– sudlanganlik holati mavjud boʻlgan shaxslar;
-
Taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati:
– tanlovda qatnashish istagi bayon etilgan, tanlov shartlari va tartibi bilan tanishganligi tasdiqlangan ariza.
– nomzod toʻgʻrisida maʻlumotnoma (obyektivka)
– pasport nusxasi;
– mehnat daftarchasining notarial yoki oxirgi ish joyidan tasdiqlangan nusxasi;
– 3×4 hajmdagi 2 dona fotosurat;
– diplom(lar) nusxasi;
– mavjud boʻlgan taqdirda, ilmiy daraja va unvonlari toʻgʻrisida hujjat va xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, CIM va b.) nusxasi;
– nomzod oʻzi lozim deb topgan boshqa hujjatlar.
Tanlov 3 (uch) bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda, daʻvogarlarning taqdim etilgan hujjatlari, toʻliqlik (3-band) va nomzodga qoʻyiladigan talablar (1-band)ga muvofiqlik boʻyicha tanlab olinadi.
Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqichda tanlab olingan nomzodlar bilan test sinovi oʻtkaziladi, test savollari orqali nomzodlarning soha boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha qonunchiligini bilishi, moliyaviy nazorat, komplayens nazorat, mantiqiy fikrlash boʻyicha bilimlari baholanadi.
Uchinchi bosqichda, Jamiyat tomonidan tasdiqlangan komissiya raisi va aʼzolari bilan birgalikda Respublika korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi ishtirokida suhbat oʻtkaziladi.
Suhbatda nomzodning:
– oʻzbek tilida ravon gapira olishi, yozishma olib bora olishi;
– kompyuterda ishlash koʻnikmasi (Microsoft Word, Microsoft Excel) mavjudligi;
– lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini bilishi;
– korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini chuqur bilishi;
– lizing faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlari mazmunini bilishi baholanadi.
Shuningdek, nomzodning hushmuomalalik, analitik fikrlash, stressga chidamlilik, jamoada ishlash qobiliyati baholanadi.
Suhbat natijalaridan eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan nomzod tanlovda gʻolib deb topiladi.
Hujjatlar 2026-yil 30-martdan 14–aprelga qadar (14–aprel kuni ham), ish kunlarida Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42A-uyda soat 10:00 dan 17:30 gacha qabul qilinadi.
Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Qoʻshimcha maʻlumot uchun telefon raqami: 71 207-30-38
![]()




