Chigit ekish mavsumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Ellikqal’a tumani “Qirqqiz” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Yangi zamon quyoshi” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun chigit ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi V. Niyazimbetov, paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdi.
Joriy yilda Ellikqal’a tumanida jami 8 700 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ekin maydonlari quyidagicha taqsimlangan:
– 4 670 gektar — 76×10 sm sxema asosida
– 4 030 gektar — 76 sm kenglikdagi yakka qator usulida
– 2 330 gektar — Xitoyning “Shinjon” texnologiyasi asosida
Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 45 ta otryad shakllantirilib, ularga zarur qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda tajribali mexanizatorlar biriktirildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan chigit ekishning ilg‘or agrotexnik usullari, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan muhim tavsiyalar berildi.

Loading

//