Bahorda bajariladigan 6 asosiy agrotexnik bosqich: bog’bonlar uchun qo‘llanma.

Bahor – mevali daraxtlar parvarishi uchun eng muhim davrdir. Aynan erta mavsumda bajarilgan agrotexnik ishlar daraxtlarning vegetatsiyasi, gullashi va kelgusidagi hosildorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislar erta bahorda bajariladigan eng muhim 6 ishni tavsiya qilmoqda:
1. O‘g‘itlashni me’yor bilan boshlang
➖Tuproqni o‘rganmasdan ortiqcha azotli o‘g‘it ishlatmang.
➖Organik o‘g‘it va kompost ishlating.
➖Fosfor va mikroelementlarga boy qo‘shimchalar tuproq unumdorligini oshiradi.
2. Daraxt shoxlarini butalash
➖Kurtaklar ochilishidan oldin qurigan va kasallangan shoxlarni kesing.
➖Bir-biriga xalaqit berayotgan shoxlarni olib tashlang.
➖Daraxt tojining 1/3 qismidan ortig‘i kesilmasin. Bu ish daraxt ichida havo aylanishini yaxshilaydi va kasallik xavfini kamaytiradi.
3. Begona o‘tlarni bartaraf eting
➖Begona o‘tlar daraxtdan oziqa va namlikni tortib oladi, rivojlanishga xalaqit beradi.
➖Daraxt atrofi doimiy toza saqlanishi kerak.
4. Mulchalashni amalga oshiring
➖Begona o‘tlar tozalangach, tuproq ustiga somon, quruq barg, tala yoki kompost soling.
➖Mulch namlikni saqlaydi, begona o‘tlarning o‘sishini cheklaydi va tuproq haroratini barqarorlashtiradi.
➖Mulch daraxt tanasiga bevosita tegmasligini ta’minlash lozim.
5. Payvandlash uchun qulay davr
➖Kurtaklar ochilishidan oldin payvandlash ishlarini bajaring.
➖Bu qalamcha va ildizpoyaning yaxshi birlashishi uchun yetarli vaqt beradi.
6. Zararkunanda va kasalliklarning oldini olish
➖Kurtaklar ochilishidan oldin daraxtlarga moyli eritmalar yoki organik himoya vositalari bilan ishlov bering.
➖Bu choralar zararkunandalar rivojlanishini cheklaydi va daraxtning sog‘lom o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Shuningdek, changlanish mevali daraxtlar hosildorligining asosiy bosqichidir. Foydali hasharotlar, ayniqsa asalarilar, gullar orasida chang ko‘chirish orqali meva hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Harorat iliqlashgach, ularning faolligi oshadi va hosil shakllanish imkoniyati ortadi. Tabiiy changlatuvchilar mo‘l va sifatli hosilning muhim omili hisoblanadi.

Loading

//