Bugun, 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!
Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi — Amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub nufuzli beklardan biri bo‘lib, jasur sarkarda, ilm ahliga ehtirom ko‘rsatgan, ulamo va fuzalolarni qo‘llab-quvvatlagan ma’rifatparvar inson edi.
Amir Temur o‘z davrida ilm-fan, madaniyat va davlatchilikni mislsiz darajada yuksaltirdi. Uning boy merosi — obod va bunyodkor shaharlar, “Temur tuzuklari” kabi bebaho asarlar hamda adolatli boshqaruv tamoyillari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Sohibqiron nafaqat o‘zbek xalqining, balki jahon tarixining eng buyuk siymolaridan biridir. Uning ibratli hayoti va faoliyati har birimiz uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
![]()




