Joriy yilning 19-oktyabr kuni umumiy qiymati 6,1 mlrd. soʻmdan ziyod boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing oluvchilarga topshirildi.

? Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Shukrullo bobo Akbar” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 1221.2” rusumli haydov traktori;
? Andijon viloyatidagi “Ulug‘bek ilg‘or dalasi” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 820” rusumli transport traktori hamda “Qodir bobo Ozod zamin” fermer xo‘jaligiga 1 dona aylanma omoch;
? Buxoro viloyatidagi “Xomid Jo‘ra” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 820” rusumli transport traktori;
? Qashqadaryo viloyatidagi “Jo‘ra bobo” fermer xo‘jaligiga 1 dona “TTZ-812” rusumli transport traktori;
? Samarqand viloyatidagi “Boburjon Baraka dalasi” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 820” rusumli transport traktori hamda “Lazizbek Yazdanov” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 1221.3” rusumli haydov traktori;
? Surxondaryo viloyatidagi “Umir” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 820” rusumli transport traktori;
? Toshkent viloyatidagi “Kamolotga yo‘l” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 80X” rusumli chopiq traktori;
? Farg‘ona viloyatidagi “Dang‘ara davri” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Dominator-130” rusumli g‘alla o‘rish kombayni, “Xamza Exro Art Tekstil” MChJga 2 dona “Belarus 80X” rusumli chopiq traktorlari, “Sherzodbek” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 1221.3” rusumli haydov traktori lizing asosida topshirildi.
❗️Lizing oluvchilarimizni muvaffaqiyatli xarid bilan qutlaymiz va faoliyatlariga rivoj tilaymiz.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//