Bayramingiz bilan, aziz ustozlar!

El-yurtimiz ma’naviyati va kelajagini shakllantirishda beqiyos o‘rin tutadigan, sharafli va mas’uliyatli kasb egalari — aziz ustozlarimizni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Zero, ustoz — hayotga yo‘lboshchi, bilim va ma’rifat chirog‘ini yoquvchi, har bir avlod qalbiga ezgulik urug‘ini sochuvchi ulug‘ zotdir.
Sizlarning qalblaringiz hamisha shodu xurram, xonadonlaringiz fayzu barakaga to‘la bo‘lsin. Hayotingiz mehr va samimiyatga boy, faoliyatingizda doimo yutuqlar hamroh bo‘lib, yuzingizdan nur, so‘zingizdan ilm ziyosi yog‘ilib tursin!
Yurtimiz ravnaqi va yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz har doim e’tirof va ehtiromga loyiq.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi

Loading

//