Ijro intizomi – samarali boshqaruvning asosi.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Ijro intizomiga mas’ul xodimlar ishtirokida “Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar–oktabr oylaridagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlariga bag’ishlangan o’quv-amaliy seminar o’tkazildi. Seminarda, shuningdek, yil yakunigacha – noyabr–dekabr oylaridagi topshiriqlarni samarali va to‘liq ijro etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi J. Boboyev ijro intizomini mustahkamlash, yangi mexanizmlar va talablar, shuningdek, mas’ul ijrochilarning faoliyatiga qo‘yilayotgan zamonaviy mezonlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida ta’kidlanganidek, bugungi kunda ijro tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu jarayon ijro hujjatlarini tahlil qilishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimi boshqa axborot platformalari bilan integratsiya qilinayotgani ham e’tirof etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, ijro intizomini yanada mustahkamlash, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
![]()




