Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli dehqon va fermerlar, agrar soha fidoyilari!
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi – 2026 yil bayrami bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning barqaror rivojlanishida siz – fidoyi dehqon va fermerlarning mashaqqatli mehnati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yakunlanayotgan yilda yerga bo‘lgan e’tibor, mas’uliyat va fidoyilik evaziga mo‘l hosil yetishtirilib, agrar sohada salmoqli natijalarga erishildi.
Joriy yilda yuz minglab gektar maydonlarda yuqori hosildorlik ta’minlanib, millionlab tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi, eksport hajmlari sezilarli darajada oshdi.
Bu yutuqlar mamlakatimiz agrar salohiyati yuksalib borayotganini, sohaning global bozordagi raqobatbardoshligi mustahkamlanayotganini yaqqol namoyon etadi.
Ushbu natijalarga erishishda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va innovatsion yondashuvlarning ahamiyati beqiyosdir.
“O‘zagrolizing” AJ bundan buyon ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, ularning samarali mehnati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida bor kuch va salohiyatini safarbar etadi.
Yangi yil arafasida oldimizga yanada ulkan marralar qo‘ymoqdamiz. Kelgusi yilda ham agrar sohada samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, hosildorlik va mahsulot sifatini yuksaltirish yo‘lida hamkorlikda izchil faoliyat olib boramiz.
Yangi – 2026 yil har bir xonadonga fayzu baraka, tinchlik va farovonlik olib kelsin! Dasturxonlaringiz doimo to‘kin, mehnatingiz unumli, niyatlaringiz ezgu bo‘lsin!
Yangi – 2026 yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi

Loading

//