14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashni hayotining oliy burchi deb bilgan, jasorat va fidoyilik bilan xizmat qilayotgan yurtimizning mard va sadoqatli o‘g‘lonlarini samimiy muborakbod etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni mardlik, jasorat va fidoyilik timsoli bo‘lib, Vatan taqdirini o‘z hayoti bilan chambarchas bog‘lagan, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini muqaddas burch deb bilgan fidoyi insonlarga bo‘lgan yuksak ehtiromni ifodalaydi.
Bugungi osuda hayotimiz, tinch va farovon kunlarimiz hamda daxlsiz sarhadlarimiz Sizning mashaqqatli, mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringiz samarasi ekanini alohida ta’kidlaymiz. Sizning matonatingiz va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularingiz tufayli yurtimizda tinchlik va barqarorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
Sizlarga sharafli burchingizni ado etishda ulkan zafarlar, mustahkam iroda, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va doimo yurtimiz faxri bo‘lib yashashingizni tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Loading

//