Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushmasi qo‘mitasining bosh hisobchisi Abdurahmonova Xolida O‘razovna o‘zining ko‘p yillik samarali mehmati va jamoat ishlaridagi faolligi uchun yuksak mukofot bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 2-oktabrdagi qaroriga asosan, Xolida O‘razovna «O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
«O‘zagrolizing» AJ jamoasi nomidan Xolida O‘razovnani ushbu faxrli yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
“O‘zagrolizing” AJ jamoasi
![]()




