9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 81 yil to‘lgan bo‘lsa-da, o‘sha og‘ir yillarning iztiroblari va xalqimiz ko‘rsatgan jasorat hech qachon unutilmaydi. Bugun biz yurt tinchligi, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotning qadrini yanada chuqur his etamiz.

Xotira va qadrlash kuni — bu Vatan ozodligi va xalq farovonligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ifodasidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:

“Bugun yaqin-atrofimizdagi mintaqalarda bo‘layotgan qarama-qarshilik va urush-janjallarni ko‘rib turibmiz. Mana shunday murakkab vaziyatda milliy birlik va hamjihatlikni saqlash – eng katta kuch, eng katta boylik ekanini hayotning o‘zi yana bir bor tasdiqlamoqda”.

Raqamlar so‘zlaganda:

• Urush yillarida O‘zbekistonning qariyb 2 million aholisi front va front ortida fidokorona xizmat qilgan.

• 540 mingdan ortiq yurtdoshimiz jang maydonlarida halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan.

• Xalqimiz urush hududlaridan ko‘chirilgan 1,5 million insonni, jumladan, 250 ming yetim bolani bag‘riga olib, insonparvarlik va mehr-muruvvat namunalarini namoyon etgan.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ushbu sana munosabati bilan urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat bajo keltiradi. Fidoyilik, matonat va vatanparvarlik kabi yuksak qadriyatlar bugun ham yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan har bir inson uchun ibrat maktabidir. Tinchlik va hamjihatlik — eng katta boyligimizdir.

Xotira barhayot, qadriyatlar mangu bo‘lsin!

Loading

//