Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi boʻlimining asosiy vazifalari:
– Jamiyat ijroiya apparati, hududiy viloyat filiallari va tizim korxonalarida samarali ijro va murojaatlar bilan ishlash tizimi va mexanizmini tashkil etish va yuritish.
– Hujjatlar ijrosini sifatli va oʻz vaqtida nazorat qilinishini taʼminlash.
– Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari va shikoyatlarining oʻz vaqtida va samarali koʻrib chiqilishini taʼminlash.
– Jamiyatning boshqarma, boʻlimlari, “Uzmashlizing” MChJ, “Lizing texnika servis” MChJ, “Lizing axborot texnologiyalari” MChJ (bundan keyin matnda – tobe korxonalar deb yuritiladi) va hududiy filiallarida ish yuritish, xatlar va murojaatlar bilan ishlashning yagona tizimini yaratish.
– Jamiyatda hujjatlar yigʻma jildi nomenklaturasi, sohaviy roʻyxat va idoraviy arxiv ishini yuritishdan iborat.
Bo‘lim telefon raqami: 71-207-30-41
Loading...
497 umumiy ko'rishlar, 2 bugungi ko'rishlar