“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xalqaro auditning ijobiy xulosasini olishga erishdi

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining 2019, 2020 va 2021-yillar davomidagi moliya-xo‘jalik faoliyati, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq ravishda va Xalqaro audit standartlari asosida xalqaro auditdan o‘tkazilib, dunyoning yetakchi auditorlik tashkilotlaridan biri hisoblanuvchi “Grant Thornton”ning ijobiy auditorlik xulosasi olinishiga erishildi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‘tilishi va xalqaro auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjudligi, o‘z navbatida, moliyaviy hisobotlarda shaffoflikni ta’minlash, jamiyat tomonidan xalqaro kredit reytingini olish, xalqaro moliya bozorida yevrobondlar joylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va xalqaro moliyaviy institutlarning uzoq muddatli va past foizli kredit mablag‘larini jalb qilish imkonini beradi.
Natijada jamiyatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan lizing faoliyatini yetarli darajada moliyaviy manbalar bilan taʼminlash va faoliyat ko‘lamini kengaytirish vazifasi hal qilinadi.
Xalqaro audit tekshiruvi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda “Grant Thornton” xalqaro audit tashkilotining O‘zbekistondagi vakili N.F. Karimov ishtirok etdi va jamiyat rahbariyatiga auditorlik xulosasini topshirdi.

Loading

//