2025-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, () 2025-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.
Natijalarga ko’ra, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati 88.7 ball bilan 86 ta davlat tashkilotlari orasida 13-o’rinni egalladi hamda “yashil” samaradorlik ko’rsatkichdan joy oldi.
Ta’kidlash joizki, Jamiyat o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan sezilarli o‘sishga erishib, 20-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi va shu orqali 7 pog‘onaga yuqoriladi.
![]()




