“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2021-yil 5-noyabr kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat binosi majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish 2021-yil  5-noyabr kuni soat 9:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  4. Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  5. Jamiyatning 2021-yil bo‘yicha moliyaviy-ho‘jalik faoliyatining yakunlarini majburiy tekshirish uchun tashqi auditorlik tashkilotini hamda uning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.
  6. Jamiyatni ijroiya apparati tuzilmasini o‘zgartirishlar kiritgan holda yangidan tasdiqlash.
7. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarini mukofotlash to‘g‘risidagi Nizom”ni yangi tahrirda tasdiqlash.
8. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizom”ni yangi tahrirda tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
– Jamiyat aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 13-oktyabr
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 1-noyabr
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

Loading

//