“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2023-yil 16-yanvar kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2023-yil 16-yanvar kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
 Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati eʼlon qilingan aksiyalarining eng yuqori miqdorini belgilash.
  4. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
  5. “Oʻzagrolizing” AJning tijorat banklari va Moliya vazirligi huzuridagi jamgʻarmadan jalb qilingan mablagʻlar toʻlov muddatini
    2 yil muddatga uzaytirish.
  6. Toʻlov muddati uzaytirilayotgan qarzdorliklarga taʼminot sifatida taqdim etilgan kafillik va koʻchmas mulklarni toʻlov muddatlariga mutanosib ravishda uzaytirish.
 Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
 – Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 21-dekabr;
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi: 2023-yil 10-yanvar.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
 Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

Loading

//