“AGROPRO EXPO – 2023” Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

Bugun Samarqandda tashkil etilgan ushbu koʻrgazmada 100 dan ortiq ishtirokchilar oʻz mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Koʻrgazmada turli qishloq xoʻjaligi texnikalari, agregatlar, ehtiyot qismlar, sugʻorish tizimlari, issiqxonalar uchun uskunalar, shuningdek, chigit, koʻchatlar, tayyor toʻqimachilik mahsulotlari, paxta tolasi, oziq-ovqat, ichimliklar va boshqa koʻplab mahsulotlarni koʻrish mumkin. Bundan tashqari, ishtirokchilar mamlakat qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalarni taqdim etishmoqda.
Vazirlik va idoralar, hududiy boshqarmalar vakillari, klaster va fermer xoʻjaliklari bilan bir qatorda “O‘zagrolizing” AJ jamoasi ham “AGROPRO EXPO – 2023” Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida faol ishtirok etmoqda.
Koʻrgazma doirasida tashkil etilgan panel sessiyada Jamiyat Boshqaruv raisi N.Otajonov ma’ruza qilib, hosildorlikni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining o‘rni haqida ma’lumot berdi.
Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.

Loading

//