Go‘zallik va nafosat ayyomi muborak boʻlsin, aziz ayollar!

Shu shior bilan boshlangan tadbirda Boshqaruv raisi N.S. Otajonov Jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan moʻtabar opa-singillarimizni go‘zallik va latofat bayrami bilan muborakbod etdi.
Uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan Jamiyat xodimlari, boshqarma va boʻlim mutaxassislari ham oʻzlarining samimiy tilaklarini munisa ayollarimizga izhor etdilar.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati muhtarama onaxonlarimiz, nazokatli opa-singillarimizga oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, ofiyat, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilab qoladi.
Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin, aziz ayollar!
Bir shirin tabassum etsangiz izhor.
Umr quyosh kabi ketar charaqlab.
Saxovat bobida sizsiz betakror.
Oddiy ishimizni qo‘yasiz alqab.
Ayolsiz mehribon, vafoli sergak.
Aziz opa-singiljonlar, bayram muborak!!!
Go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin!

Loading

//