Bo‘ka tumanida hosildorlik va samaradorlik uyg‘unligi.
🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi Ergashev Mansur rahbarligidagi “Baxtiyor Samariddin” fermer xo‘jaligi faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videorolik tayyorlandi.
🗣Mazkur lavhada bugungi kunda agrar sohada olib borilayotgan zamonaviy yondashuvlar, g‘alla mavsumiga puxta tayyorgarlik jarayonlari hamda terim-yig‘im oldi agrotexnik tadbirlarning amaliy natijalari keng yoritilgan.
✅Shuningdek, videorolikda “O‘zagrolizing” AJ tomonidan taqdim etilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining afzalliklari, ularning dala ishlaridagi samaradorligi, vaqt va mehnat unumdorligini oshirishdagi o‘rni haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.
🎥 Ushbu videorolik orqali fermer mehnati, zamonaviy texnologiyalar va samarali hamkorlik natijalariga yanada yaqinroq nazar tashlang.
![]()




