Referendum oʻzi nima?

Xabaringiz bor, joriy yilning 30-aprel sanasida umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha siyosiy jarayon, yaʼni Referendum o‘tkaziladi.
Referendum oʻzi nima?
Referendum (lotincha: referendium) bu fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li orqali o‘z fikrini bevosita bildirishi, umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish, bevosita demokratiyaning muhim vositasidir. Uning saylovlardan asosiy farqi, referendum o‘tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya yoki unga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo‘yiladi. Saylov natijalari majoritar tizim bo‘yicha ham, proporsional tizim bo‘yicha ham aniqlanishi mumkin bo‘lsa, referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq ko‘pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanadi.

Loading

//