Qashqadaryo viloyatiga kombaynlar yetkazib berish ishlari boshlandi.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyatining turli fermer xo’jalik va klasterlariga kombaynlar yetkazib berish ishlari boshlandi. Tadbir davomida “UzClass Agro” va “UzCase Mash” qo’shma korxonalarining xorijlik mutaxassislari 40 nafar kombayn haydovchi-operatorlariga maxsus mahorat darslari ham o’tib berishdi.
Eslatib o’tamiz, g’alla o’rish kombaynlari fermer xo’jaliklari uchun 10 yilga 7 foizdan, klasterlar uchun 7 yilga 7 foizdan imtiyozli lizing shartlari asosida yetkazib berilmoqda.

Loading

//