Raps – chorva mollari uchun oqsilga boy o‘simlik.
Ma’lumki, chorvachilikni rivojlantirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor vazifasi sanaladi. Shu bois yurtimizda chorvachilikni rivojlantirish, bu borada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani bejizga emas.
Raps karamdoshlar oilasiga, krestgullilarga mansub o‘simlikdir. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan bo‘lib, tuproqda yon tomonga 1-3 sm yo‘g‘onlikdagi ildizlar o‘sadi.
Shu nuqtai nazardan, sohaning rivojidagi muhim jihatlardan biri – bu ozuqa zaxirasini ta’minlash bo‘lib, bu nafaqat chorvaning ko‘payishi, balki aholining arzon, sifatli go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdagi asosiy omil hisoblanadi.
Mutaxassislar tomonidan chorvadorlarga ozuqabop o‘simliklarni ekish borasida ko‘pgina tavsiyalar berilmoqda. Xususan, so‘nggi paytlarda raps o‘simligining chorva uchun kaloriyaga boy ozuqa hisoblanishi ta’kidlanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, rapsdan asosan chorva uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Ushbu o‘simlik qimmatbaho moyli va ozuqa ekini bo‘lib, undan yuqori sifatli o‘simlik moyi hamda chorva hayvonlari uchun oqsilli ozuqa olinadi.