Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
2023-yil 27-iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil:
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2023-yil 27-iyun kuni soat 09:00 da boshlanadi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.