“Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti” ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Andijon viloyatida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining “Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti” ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri A. Voitov hamda “O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov ishtirok etib, markazni tantanali ravishda ochib berishdi.
Jamiyat Boshqaruv raisi N.Otajonov vazir A.Voitovni Rossiyaning “Pegas-Agro” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan texnikalar va markaz faoliyatiga zarur bo’lgan qishloq xo’jaligi uskunalari bilan tanishtirdi.