Joriy yilning oʼtgan davrida umumiy qiymati 241,9 mlrd. soʼmlik 1168 dona qishloq xoʼjaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berildi.
АOKАda “Oʼzagrolizing” АJ rahbariyati va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qishloq xoʼjaligini modernizatsiyalash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi:
Joriy yilning oʼtgan davrida “Oʼzagrolizing” АJ tomonidan umumiy qiymati 241,9 mlrd. soʼmlik 1168 dona (2022 yilga nisbatan qiymat jihatidan 145 foizga koʼp) qishloq xoʼjaligi texnikalari, shundan 87 dona gʼalla oʼrish kombaynlari joylarga lizing asosida yetkazib berildi.
Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 308,1 mlrd. soʼm lizing toʼlovlari undirilishi taʼminlandi. Shundan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Jamgʼarmaga 132,0 mlrd. soʼm mablagʼlar qaytarildi.
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan jamiyat uchun “V+” darajasida, “Barqaror” prognozi bilan xalqaro reyting berildi.
Bugungi kunda jamiyat tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirishda imtiyozli va maqbul shartlar belgilanganligi sababli respublika qishloq xoʼjaligiga yetkazib berilayotgan texnikalarning 70 foizi “Oʼzagrolizing” АJ hissasiga toʼgʼri kelmoqda.