“Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 27–28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida, viloyatning Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi tomonidan tashkil etilgan 75 gektarli uzum plantatsiyasida bo‘lgandi hamda iqlimi uzumchilikka mos tumanlarda Oltiariq tajribasini joriy qilish va tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o’tgan edi.
Ushbu topshiriqqa muvofiq 29–30-iyul kunlari “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi hududida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda “Oʼzagrolizing” АJning boshqaruv raisi Nodir Otajonov, vazirlik va idoralar rahbarlari, tadbirkor va fermerlar, viloyat hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda uzumchilik sohasidagi chet el mutaxassislari ishtirok etishdi.
Shuningdek, seminarda, mutaxassislar tomonidan uzum yetishtirishning o‘ziga xos tajribalari hamda yurtimiz iqlimiga, tuproqlariga mos uzum navlari va turlari bo‘yicha tushunchalar berib o’tildi.
Seminar davomida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi rahbari o‘z tajribasi bilan o’rtoqlashdi hamda seminar ishtirokchilarini uzum plantatsiyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.