Surxondaryo viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyatida raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida, hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi.
Termiz tumani hududidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” Termiz erkin savdo zonasida o‘tkazilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlaridan 300 dan ortiq va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining 200 dan ziyodi, o‘z mahsulotlari bilan ko‘rgazmada ishtirok etdi.
Shu jumladan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyat filiali ham, qishloq xo‘jalik texnikalari hamda lizing asosida yetkizib berilayotgan turli rusumdagi o‘zi yurar va tirkamali texnikalar namoyishi qilish bilan qatnashishdi.

Loading

//