“O‘zagrolizing” AJ “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi-2023”da

Bugungi kunda mamlakatimizda sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, tarmoqlarga zamonaviy texnika va texnologiyalarning jalb etilayotgani ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, ularning raqobatbardoshligini ta’minlamoqda.
Shu sababli, bugundan boshlab, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Hunarmandlar uyushmasi”ning ko‘rgazmalar zalida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi-2023” o‘z ishini boshladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan respublikadagi yirik sanoat va hududiy korxonalar o‘rtasida tarmoqlararo sanoat aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarkada respublikamizning barcha sanoat va hududiy korxonalari, xo‘jalik birlashmalari hamda “O‘zagrolizing” AJ ning boshqaruv a’zolari va mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Shuningdek, yarmarkada Jamiyatimiz tomonidan lizingga beriladigan texniklar ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan.
Ayni damda yarmarka davom etmoqda.

Loading

//