“Fitch Ratings” tomonidan eʼlon qilingan xabarga munosabat.

I. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan talabni toʻliqroq qondirish maqsadida va ichki bozorda moliyaviy resurslar tanqisligi hamda foizlarning yuqoriligini hisobga olib “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan 2021-yil xalqaro moliya bozoridan mablagʻ jalb etish boʻyicha ish boshlangan.
Ushbu ishni tashkil etish uchun 2021-yilda xalqaro moliya bozorida ish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy ekspert Boshqaruv raisining maslahatchisi lavozimiga jalb etilgan.
Jamiyatning 2019-2022-yillar va 2023-yilning 6 oyi yakuni boʻyicha moliyaviy hisobotlari xalqaro standartlar (IFRS) asosida tayyorlangan va ushbu hisobotlar boʻyicha “Grant Thornton” va “HLB Tashkent” xalqaro audit kompaniyalarining ijobiy xulosasi mavjud.
Moliyaviy hisobotlar asosida xalqaro reyting olish boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida 2023-yil 21-mart kuni “Fitch Ratings” tomonidan “Oʻzagrolizing” AJga (B+) barqaror reytingi berilgan.
Avvalroq, ichki bozorda 2022-yilning avgust oyida ilk bor “Toshkent” respublika fond birjasida “Oʻzagrolizing” AJ 15,6 mlrd. soʻmlik korporativ obligatsiyalar joylashtirilgan.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ-4268-son qarori ijrosi doirasida Oʻzagrolizing” AJ tomonidan fermer xoʻjaliklariga gʻalla oʻrish kombayni yetkazib berish uchun AT “Xalq banki” tomonidan ajratilgan kredit boʻyicha joriy yilda 4 ta holatda kredit grafik asosida oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi sababli qarzni undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritilgan.
Bunda, qishloq xoʻjaligi sohasida moliyaviy oqimlardagi kassa uzilishlari “Oʻzagrolizing” AJga ham oʻzining salbiy koʻrsatgan.
AT “Xalq banki”ning kreditlari boʻyicha qarzdorliklar bartaraf etib kelingan boʻlsada, “Fitch Ratings” ning 2023-yil 8-sentyabrda eʼlon qilingan hisobotiga koʻra, “Oʻzagrolizing” AJ reytingi “B +” (barqaror kutilma) dan “B -” (salbiy kutilma )ga pasaytirilishiga sabab boʻlgan.
III. AT “Xalq banki”dan gʻalla oʻrish kombaynlarini xarid qilish uchun jalb etilgan kredit mablagʻlarining belgilangan grafik asosida qaytarilmaganligi sababli chiqarilgan sud qarorlariga muvofiq “Oʻzagrolizing” AJ hisobraqamlariga band solishga sabab boʻlgan.
Buning oqibatida, “GROSS” hamda “NEW LIFE” sugʻurta kompaniyalari tomonidan joylashtirilgan obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarib sotib olish talab qilinib, toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli sudlarga daʼvo arizalari kiritilishiga sabab bulgan.
Ushbu holatdan soʻng 2023-yil 27-oktyabr kuni “Fitch Ratings” tomonidan “Oʻzagrolizing” AJ reytingini “B -” (salbiy kutilma)dan “cheklangan defolt”(RD) darajasiga pasaytirgan va jamiyat tomonidan tijoriy sabablarga koʻra reyting qaytarib olingan.
Agentlik ushbu qarorini korxonaning ichki bozorda chiqarilgan milliy valyutadagi korporativ obligatsiyalari boʻyicha joriy yilning sentyabr oyida toʻlashi kerak boʻlgan foiz toʻlovlarini amalga oshirmaganligi bilan izohlagan. Ushbu kamchiliklar bugungi kunda bartaraf etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Fitch Ratings” tomonidan eʼlon qilingan xabarga quyidagi munosabat bildiradi.
Fitch Ratings” tomonidan berilgan baho “Oʻzagrolizing” AJning moliyaviy holatiga emas, balki moliyaviy oqimlardagi vaqtinchalik uzilishlar sababli yuzaga kelgan holatga berilgan baho deb hisoblanadi.
“Oʻzagrolizing” AJ moliyaviy holati barqaror boʻlib, moliyaviy oqimlarda yuzaga kelgan vaqtinchalik uzilishlar uning xalqaro reytingiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
“Oʻzagrolizing” AJ 2022-yilni sof foyda bilan yakunlagan va byudjetga katta miqdorda dividend toʻlangan.
2023-yil 3-chorak yakuni boʻyicha Jamiiyatning debitor qarzdorligi joriy majburiyatlariga nisbatan 1,5 baravardan ortiq summani tashkil etadi va yetarli miqdorda ijobiy zaxira aktivlarga ega. 
 “Oʻzagrolizing” AJ lizing toʻlovlarini belgilangan grafiklarda amalga oshirmagan 900 dan ortiq lizing oluvchilarga (paxtachilik, gʻallachilik klasterlari hamda fermer xoʻjaliklari) nisbatan 200 mlrd. soʻmdan ortiq qarzdorliklari boʻyicha iqtisodiy sudlarga daʼvo arizalari  kiritilgan va qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan majburiy ijro byurolari bilan hamkorlikda ishlar tashkil qilingan.
Nizolarni sud orqali hal qilish amaliyoti Respublikamizda  yuridik shaxslar oʻrtasidagi qonunchilikda belgilangan protsessual harakat hisoblanadi.
Lizing toʻlovlarini barcha mavjud manbalaridan, jumladan paxta va gʻalla yetishtirish uchun ajratilayotgan resurs mablagʻlari va lizing oluvchilarning erkin mablagʻlar hisobidan undirilishini jadallashtirish boʻyicha hududiy filiallar bilan tizimli ishlar tashkil etilgan va hamkorlikda barcha undirish choralari kuchaytirilgan va bu harakatlar albatta oʻz samarasini beradi.

Loading

//