“Xalqaro qishloq xo’jaligi ko’rgazmasi” o’z ishini boshladi!

Barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar, xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar “UzExpo” markazida jam boʻlishdi.
Mazkur koʻrgazmada “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ham oʻz lizing takliflari bilan ishtirok etmoqda. Kecha ushbu koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Tadbirni “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi N.Otajonov ochib berdi va tadbir haqidagi oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
Tantanali ochilish marosimidan soʻng Jamiyat boshqaruv raisi, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda chet ellik hamkorlar koʻrgazmada ishtirok etayotgan kompaniyalar mahsulotlari bilan birma-bir tanishishdi. Tantanali ochilish marosimidan soʻng, Jamiyat boshqaruv raisi, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda chet ellik hamkorlar koʻrgazmada ishtirok etayotgan kompaniyalarning mahsulotlari bilan birma-bir tanishishdi.
Eslatib oʻtamiz, tadbirda turli qishloq xoʻjaligi texnikalari, agregatlar, ehtiyot qismlar, sugʻorish tizimlari, issiqxonalar uchun uskunalar va boshqa koʻplab turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan bir qatorda mamlakat qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalar ham namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma joriy yilning 1-dekabriga qadar davom etadi.

Loading

//