“Rostselmash” kompaniyasining ko’rgazmali seminari bo’lib o’tdi.

Kuni kecha Buxoro viloyatida “Rostselmash” kompaniyasining ko’rgazmali seminari bo’lib o’tdi. Unda Buxoro viloyatining hokim o’rinbosarlari, vazirlik hamda idoralarning vakillari, klaster va fermerlar hamda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov ishtirok etdi.
Bugungi kunda ushbu kompaniya tomonidan qishloq xo’jaligi mashinalarining 150 dan ziyod rusumlari, g’alla va yem-xashak tayyorlash, donni qayta ishlash uskunalari va boshqa texnikalar ishlab chiqariladi. Tashkil etilgan tadbirda ham “Rostselmash” kompaniyasiga tegishli traktor va kombaynlarning ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
Shuningdek, tadbir davomida “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi N.Otajonov “Rostselmash 2375” rusumli traktorni shaxsan amaliyotda sinab ko’rdi hamda texnika haqidagi fikrlarini aytib o’tdi.

Loading

//