“Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o’z ishini boshladi.

Kuni kecha, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o’z ishini boshladi.
Tashkil etilgan yarmarka respublikaning yirik sanoat tashkilotlari bilan mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, ko’rgazmada “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur yarmarkada import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarning namoyishi ham tashkil etilgan bo’lib, bu o‘z navbatida, mahalliy sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga o‘z faoliyat sohasini yanada kengaytirish hamda yangi biznes-g‘oyalarni shakllantirish imkonini beradi.

Loading

//