Respublika koʻrgazmali seminari oʻtkazildi.

Qishloq xoʻjaligida ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida respublika koʻrgazmali seminari oʻtkazildi.
Seminar davomida, qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklari va agroklasterlar tomonidan faoliyat turlarini yanada kengaytirish, jumladan, uzum plantatsiyalari barpo etish, tok qator orasida sabzavot yetishtirish, yoqilgʻisiz isitiladigan ixcham issiqxonalar tashkil etish, gʻalla maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda pilla xomashyosi yetishtirish orqali aholi bandligi va daromadini koʻpaytirish boʻyicha ilgʻor tajribalar o’rganildi.
Shuningdek, seminarda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ishtirok etishib, Respublikadan tashrif buyurgan fermerlarga Xitoydan keltirilgan paxta terish mashinalarining afzalliklari bo’yicha tushunchalar berib o’tishdi.

Loading

//