19-Xalqaro “Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

19-Xalqaro “Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi joriy yilning 12-mart sanasidan o‘z ishini boshladi!
21 mamlakatdan 135 dan ortiq kompaniyalar, agrosanoat sektorining ko‘plab taniqli vakillari hamda eng yangi texnologiyalarning namoyishi “AgroWorld Uzbekistan 2024″da jam bo‘ldi.
Mamlakatimizda mahalliy bozorni o‘rganish va hamkorlik o‘rnatish, investitsion loyihalarni shakllantirish, shuningdek, energiya tejamkor texnologiyalar bilan ishlab chiqaruvchilarni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada ”O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N.Otajonov ham ishtirok etdi.
Ko‘rgazma davomida N.Otajonov agrar soha uchun mo‘ljallangan eng yangi ishlanmalar va texnikalar, qishloq xo‘jaligining barcha sohalari uchun innovatsion uskunalar, parrandachilik uchun omixta yem ishlab chiqarish texnologiyalarini ko‘zdan kechirdi va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muloqot olib bordi.
Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada Avstrya, Belarus, Germaniya, Gruziya va ko‘plab mamlakatlar mahsulotlarining namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. AgroWorld Uzbekistan  – qishloq xo‘jaligi sohasida yangi asbob-uskunalar hamda texnologiyalarni namoyish etish uchun professional maydonga aylanmoqda.
Eslatib o’tamiz, ko‘rgazma 14-mart kuniga qadar davom etadi!

Loading

//