“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Nasirdinov, Markaziy apparat hamda hududiy filiallar xodimlari ishtirok etishdi hamda taklif etilgan spikerlar, AOKA mas’ul xodimi Nurali Oripov va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Mirshod Xo’jayevlardan mavzu doirasida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida respublikamizda ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, 2021-yildan boshlab barcha davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etildi. Xususan, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Perizdentining 2021-yil 16-iyundagi maxsus PF-6247-son Farmoni imzolandi.
Ushbu Farmon bilan, bir qator agentliklarga ochiqlik sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shuningdek, davlat idoralarining ochiqlikka oid majburiyatlari hisobini yuritish vazifasi yuklatildi.
Seminar davomida ushbu farmon va vazifalar bilan yaqindan tanishildi. Shuningek, davlat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirishda matbuot kotiblari nimalarga e’tibor berish kerakligi hamda ochiqlik indeksi baholanish jarayonlarida tashkilotning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish mavzularida tushunchalar berib o’tildi.

Loading

//